Foto: «Politeka.net»
Buyuk Britaniya Milliy sog‘liqni saqlash xizmati mutaxassislarining ta’kidlashicha, COVID-19 alomatlaridan biri — tinimsiz yo‘tal odamning o‘pka saratoniga chalinganligidan dalolat berishi mumkin. Bu haqda «Express» nashri xabar bermoqda.
Shifokorlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, saraton kasalligi juda erta bosqichda aniqlangan odamlar ushbu xavfli xastalikning to‘rtinchi bosqichida tashxis qo‘yilganlarga qaraganda yana besh yil ko‘proq yashash imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Shu bilan birga, tadqiqot natijalariga qaraganda, Janubiy-Sharqiy Angliyadagi odamlarning qariyb yarmi uch haftadan ko‘proq davom etadigan yo‘tal o‘pka saratonining alomati bo‘lishi mumkinligini hatto bilishmaydi ham.
Ikki-uch hafta davom etadigan yo‘taldan tashqari, saraton kasalligining belgilariga ko‘krak qafasi infeksiyalari, qon tuflash, nafas olganda yoki yo‘talganda og‘riq paydo bo‘lishi, nafas qisishi, charchoq yoki quvvat yetishmasligi, ishtaha yo‘qolishi yoki sababsiz vazn tashlash kiradi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi