Foto: «Zvezdaweekly.ru»
Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning nevara jiyani Saymon Bouz-Layon zo‘rlashga uringani uchun 10 oyga qamoqqa tashlandi. Bu haqda Sky News telekanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2020 yil fevral oyida ingliz zodagoni qasrida mehmonlar bo‘lishgan. Kechasi Saymon Bouz-Layon uxlab yotgan qizning xonasiga bostirib kirib, uning kiyimlarini yulib olishga uringan. Mehmon unga qarshilik ko‘rsatolgan, grafni eshikdan itarib yuborib, do‘stlarini yordamga chaqirgan.
Qirolichaning qarindoshi mast bo‘lib qolganligini aytib, jabrlanuvchidan kechirim so‘radi. Sud jarayonida grafning o‘zi ham buni kutmaganligini ma’lum qildi.
«Biroq men haqiqatga tik boqib, sodir bo‘lgan voqea uchun javobgarlikni o‘z zimmamga olishim kerak», — deya qo‘shimcha qildi Bouz-Layon.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u o‘tgan yil davomida professional yordam olgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi
Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi
U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi!
Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video)
Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi
Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi
Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar