Chexiya Respublikasida COVID-19'ning "britancha shtamm"i tez tarqalayotgani tufayli karantin choralari kuchaytirilmoqda.
Endi mamlakat aholisidan birdaniga ikkita tibbiy niqob taqish talab etilmoqda. Bu haqda "Lenta" nashri xabar bermoqda.
Yangi talab do‘konlar, kasalxonalar, jamoat transporti va to‘xtash joylariga nisbatan qo‘llaniladi. Ko‘chada bitta niqob taqish mumkin. Sharflar, sharfga o‘xshash yoki uyda tikilgan niqoblardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, pulni tejash maqsadida aholining aksariyat qismi bir necha kun davomida bitta himoya vositasidan foydalanishmoqda, bu esa epidemiologik vaziyatni yanada kuchaytiradi.
Bugungi kunga kelib, dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 112 milliondan oshdi. Qurbonlar soni deyarli 2,5 millionga teng. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi