Foto: Depositphotos
AQSHning Oklaxoma shtati ma’muriyati qor odamni tutganlik uchun mukofot pulini deyarli 80 karra oshirdi.
Bungacha qor odam uchun va’da qilingan pul 25 ming dollarni tashkil qilayotgandi. Endi esa odamsimon mahluqni tutishga muvaffaq bo‘lganlarni 2,1 mln dollar mukofot puli kutmoqda.
Ikkinchi tomondan, ushbu qonun sayyohlarni shtatga jalb qilishga yo‘naltirilgan.
“Bu o‘lkamizdan bahramand bo‘lish va vaqtichog‘liq uchun yaxshi imkoniyat bo‘ladi”, deb aytgan AQSH kongressi vakillar palatasi a’zosi va ushbu qonun kiritilishi tashabbuschisi Jastin Xamfri.
Bundan tashqari, shtatda qor odamni tutish uchun ruxsatnoma joriy qilish ham rejalashtirilmoqda. Shuningdek, shtatda qor odam bilan bog‘liq reklama kampaniyasi yo‘lga qo‘yiladi.
2019 yil aprelda Hindiston armiyasining ekspeditsiya guruhi Himolay tog‘larida qor odam izlarini aniqlaganini ma’lum qilgan. Ta’kidlanishicha, o‘shanda alpinistlar Makalu lageri yaqinida 81x38 sm o‘lchamga ega tovon izlarini aniqlashgan.
Biroq ushbu mahluqning mavjudligi aksariyat olimlar tomonidan rad etilib kelinadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina askarlari Zelenskiyning bayonotiga kutilmagan munosabat bildirishdi
Putin: Yangi vazifalar, NATO, Ukraina va Fransiya bilan munosabatlar
Isroilda minglab odamlar garovga olinganlarni ozod qilishni talab qildi
Aleksandr Lukashenko: “Rossiyadagi saylov natijalari G‘arb aralashuvi ustidan g‘alaba qozondi”
Vaqt hech kimni ayamaydi: Jeki Channing yangi suratlari muxlislarni tashvishga soldi
Permdagi saylov uchastkasida portlash yuz berdi
Qaysi davlat yetakchilari Vladimir Putinni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi?
Xitoy TIV: AQSH dunyodagi eng yirik dezinformatsiya manbai