
Foto: «Global Finance Magazine»
«The Heritage Foundation» 2021 yilgi iqtisodiy erkinlik indeksini e’lon qildi.
Reyting yetakchilari Singapur (1-o‘rin), Yangi Zelandiya (2), Avstraliya (3), Shveysariya (4) va Irlandiya (5).

Sobiq ittifoq mamlakatlari reytingda quyidagicha tartiblandi:
Estoniya (8-o‘rin)
Gruziya (12)
Litva (15)
Latviya (30)
Armaniston (32)
Qozog‘iston (34)
Ozarbayjon (38)
Rossiya (42)
Qirg‘iziston (78)
Moldova (85)
Belarus (95)
O‘zbekiston (108)
Ukraina (127)
Tojikiston (134)
Turkmaniston (167).
Ta’kidlanishicha, samarali sud tizimi sababli O‘zbekiston to‘plagan umumiy ball o‘tgan yilga nisbatan 1.1 bandga oshib, 58.3 ni tashkil etmoqda. Iqtisodiy erkinlik bo‘yicha O‘zbekiston Osiyo-Tinch okeani mintaqasining 40 mamlakati orasida 21-o‘rinda, biroq ko‘rsatkichi mintaqa va jahon o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan past.
Eslatib o‘tamiz, «The Heritage Foundation» reytingida O‘zbekiston 2017 yilda 166-o‘rin (46 ball), 2018 yilda 152-o‘rin (51,5 ball), 2020 yilda 114-o‘rinni (57,2 ball) egallagan edi. Demak, bu yilgi ko‘tarilish — 6 pog‘ona, besh yilda — 58 pog‘ona.
O‘zbekistonning reytingdagi qo‘shnilari Xitoy, Butan va Afrika mamlakatlari:

Iqtisodiy erkinlik eng past mamlakatlar

Iqtisodiy erkinlik indeksi har yili «The Heritage Foundation» fondi tomonidan iqtisodiy va savdo erkinliklari, sarmoyalar uchun ochiqlik, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi, korrupsiya omili kabi 10 asosiy ko‘rsatkich asosida tuzib boriladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar