Foto: «AP Photo / Evan Vucci»
AQSH Oliy sudi sobiq prezident Donald Trampning saylov natijalariga oid uchta apellyatsiyasining oxirgisini ham rad etdi, deya xabar bermoqda sud vakillari.
Sud Trampning Viskonsin shtatidagi minglab ovoz natijalarini hisobga olmaslik to‘g‘risidagi da’vosini rad etgan quyi instansiya qarorini o‘z kuchida qoldirdi. Unga ko‘ra Tramp 20 ming ovoz bilan Jo Baydenga yutqazib qo‘ygandi. Oliy sud o‘z qarorini izohlab o‘tirmadi.
Oliy sud avval Texas va bir qator shtatlarning prezidentlik saylovlari natijalarini qayta ko‘rib chiqishni talab qilgan da’vosini ko‘rib chiqishni rad etgan. Oliy sudda Tramp tayinlagan uch kishi ishlashiga qaramay, sud shtat idoralari shug‘ullanuvchi ovozlarni hisob-kitob qilish ishlariga aralashish niyati yo‘qligini aniq ko‘rsatib qo‘ydi.
Quyi instansiya sudlarida Tramp taxminan 55 ga yaqin ishni yutqazib qo‘ydi va faqat bittasida g‘olib chiqdi, lekin bu saylov natijalariga ta’sir ko‘rsatmadi. Shu bilan birga, Tramp hanuzgacha saylov natijalarini tan olmaydi va u g‘alaba qozonganini ta’kidlashda davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi