19:44 / 05.04.2021
1 621

Indoneziya va Sharqiy Timordagi ko‘chki va toshqinlar oqibatida 52 kishi halok bo‘ldi

Indoneziya va Sharqiy Timordagi ko‘chki va toshqinlar oqibatida 52 kishi halok bo‘ldi
Foto: Express K
Indoneziyaning sharqiy qismida va unga qo‘shni bo‘lgan Sharqiy Timorda kuchli yog‘ingarchiliklar ketma-ket ko‘chki va toshqinlarni keltirib chiqardi, buning natijasida 52 kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda «Interfaks» xabar berdi.

Indoneziyaning Tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda eng kamida 41 kishi qurbon bo‘ldi, 27 kishi bedarak yo‘qoldi.

Sharqiy Nusa-Tengara provinsiyasining Adonara orolidagi Lamenele aholi punktida o‘nlab uylar ko‘chki ostida qoldi. Favqulodda holatlar bo‘yicha mahalliy agentlik rahbari Lenni Olaning xabar berishicha, qutqaruvchilar 35 kishining jasadini topdi va eng kamida besh kishi jarohatlandi.

Oyan Bayan qishlog‘ida esa 40 ta uy vayron bo‘ldi. Vayronalar ichida uch kishining jasadi topildi. Yuzlab aholi uylarini tashlab ketishiga majbur bo‘ldi. Bayburakda (Indoneziyadagi qishloq nomi) uch kishi qurbon bo‘ldi, yetti kishi bedarak yo‘qoldi.

Olaning ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘chki Adonara orolidagi beshta ko‘prikni buzib yubordi.
Bundan tashqari, ko‘chkilar Dili shahrida (Sharqiy Timor poytaxti) 11 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Indoneziya va Sharqiy Timordagi ko‘chki va toshqinlar oqibatida 52 kishi halok bo‘ldi