Foto: «Carlo Allegri / Reuters»
AQSHning Texas shtati Dallas shahrida aka-uka butun oilani o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda ABC News telekanali politsiyaga asoslanib xabar berdi.
Huquqni muhofaza qilish organlarining ma’lumotlariga ko‘ra, aka-uka ota-onasi, singlisi va buvisini otib tashlashgan. So‘ngra o‘z joniga qasd qilishgan. Ularning ismlari oshkor etilmayapti.
Aka-ukalardan biri o‘z rejalarini ijtimoiy tarmoqlarda oshkor qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, qarindoshlarni o‘ldirish to‘g‘risidagi qaror barcha ijobiy va salbiy tomonlarni o‘ylab ko‘rgandan so‘ng qabul qilingan.
Shuningdek, u so‘nggi paytlarda o‘zini tez-tez kesib jarohat yetkazgani, depressiyani davolash natija bermaganligini aytdi. Politsiyaning ma’lum qilishicha, postda «Ofis» serialiga alohida e’tibor berilgan — uning tugashi yigitga juda yoqmagan. Bundan tashqari, u akasining qurolni sotib olishidan shikoyat qildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi