3 406
Karantin qoidasini buzgan yigitni 300 marta o‘tirib-turishga majbur qilishdi: uning yuragi to‘xtab qoldi
Foto: «Thesun.co.uk»
Filippinning Kavite provinsiyasida politsiyachilar COVID-19 tufayli mamlakatda joriy etilgan karantin qoidalarini buzganlarni o‘tirib-turishga majbur qilishdi va shu tariqa bir insonning umriga zomin bo‘lishdi. Bu haqda mahalliy Rappler yangiliklar portali xabar bermoqda.
28 yoshli Darren Manaog Penaredondo va uning do‘stlari 1 aprel, payshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:00 dan keyin suv sotib olish uchun ko‘chaga chiqqanlarida to‘xtatilgan. Amakivachchasi Adrian Lusenaning «Facebook»da yozishicha, karantin qoidalarini buzganlik uchun jazo tariqasida patrul xizmati xodimlari yigitlarni 100 marta o‘tirib-turishga majburlashgan.
Lusenaning so‘zlariga ko‘ra, yigitlar jazoni bir tekis bajarishmagan. Shu bois ular qayta-qayta boshlashlariga to‘g‘ri kelgan. Natijada huquqbuzarlarning har biri 300 marta o‘tirib-turishga majbur bo‘lgan.
Penaredondo 2 aprel kuni ertalab soat 6 da uyiga qaytib kelgan va mushak og‘rig‘idan shikoyat qilgan.
«O‘sha kuni u umuman qadam bosolmadi, shunchaki sudralib yurdi. Ammo vahima qilmadim, chunki u bu shunchaki mushak og‘rig‘i ekanligini aytdi», — deb eslaydi uning qallig‘i Raychelin Bals.
Keyingi kuni Penaredondoning yuragi xuruj qilib, nafas ololmay qoldi. Bals qo‘shnilarini yordamga chaqirdi, lekin ular yigitni jonlantira olishmadi. Politsiya yuz bergan hodisadan xabardor qilingan.
General Trias shahar politsiyasi boshlig‘i Marlo Soleroning ta’kidlashicha, o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish tartibini buzgan fuqarolarga nisbatan jismoniy jazo qo‘llash taqiqlanadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, patrul xizmati xodimlari faqat tanbeh berishlari mumkin. Jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi
APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi