11:28 / 08.04.2021
2 346

Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi mamlakatning Donbass nizosi bo‘yicha rejasi haqida gapirdi

Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi mamlakatning Donbass nizosi bo‘yicha rejasi haqida gapirdi
Foto: Kommersant’
Rossiya Donbassdagi nizoga aralashishni rejalashtirmayapti, ammo vaziyatni kuzatmoqda. Bu haqda Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev «Kommersant’» nashriga bergan intervyusida aytdi.

Jurnalistning «Rossiyaning Ukrainadagi nizoga ochiqchasiga aralashishi uchun bosib o‘tiladigan qandaydir «qizil chiziq» bormi?» degan savoliga Patrushev «Bunday reja tuzayotganimiz yo‘q» deb javob qaytardi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda.
«Voqealar rivojidan kelib chiqib, aniq choralar ko‘riladi», — dedi u.

Patrushevning fikricha, Ukraina janubi-sharqidagi vaziyatning keskinlashishi mamlakat ichidagi jiddiy muammolar bilan bog‘liq.

Donbassdagi vaziyat mart oxirlarida keskinlasha boshladi. Tomonlar bir-birini o‘q uzish, chegaraga harbiy texnika olib kelish va razvedka harakatlarida ayblamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi mamlakatning Donbass nizosi bo‘yicha rejasi haqida gapirdi