18:38 / 10.04.2021
2 231

AQSHda «sog‘liq uchun foydali» tuz yaratildi

AQSHda «sog‘liq uchun foydali» tuz yaratildi
Foto: MicroSaltinc
Amerikaning MicroSalt kompaniyasi tarkibida natriy miqdori 50 foizga kam bo‘lgan tuzning takomillashtirilgan formulasini yaratdi. Ushbu mahsulot sog‘liq uchun foydali deya e’tirof etilmoqda, deb xabar beradi «Korrespondent.net».

Ixtirochi iste’mol qilinadigan tuz miqdorini kamaytirishga urinib, bozorda kengayish maqsadida kraudfanding kampaniyasini o‘tkazmoqda. MicroSalt o‘z mahsulotini «nanoo‘lchamdagi tuz kristallari bilan qoplangan zarralar» deb atamoqda.

Tashuvchi (odatda maltodekstrin) tuzning mayda kristallarini yetkazib berishda transport molekulasi sifatida ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu kristallar tabiiy ravishda tashuvchilarga elektrstatik kuch yordamida yopishadi. Tuz kristallari o‘lchamining kichikligi sabab deyarli bir onda erib ketadi va odatdagi mazali ta’mni ta’minlaydi.

Yangilangan tuz an’anaviysidan taxminan 100 baravar kichik va kerakli ta’mga erishish uchun kam miqdorda talab etiladi.

Kompaniyadagilarning ta’kidlashicha, yangi mahsulot sho‘rlik darajasi bo‘yicha an’anaviy tuzdan farq qilmaydi, biroq uning tarkibidagi natriy 50 foizga kam. Istiqbolda ushbu ko‘rsatkichni 80 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

Qayd etilishicha, MicroSalt mahsuloti kamaytirilgan natriyga ega o‘z muqobillaridan yaxshiroq, chunki ularda kaliy xlorid ishlatiladi — uning o‘zi ham tuz hisoblanadi.

Startap aprel boshidan buyon kraudfanding yordamida 380 ming dollardan ortiq mablag‘ to‘pladi. MicroSalt’ning bozorga chiqishi uchun 750 ming dollar kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda «sog‘liq uchun foydali» tuz yaratildi