Foto: Georgiy Dimov arxividan.
Bugun 12 aprel, inson ilk bor kosmosga parvoz qilgan kundir. 1961 yil aynan shu sanada Yuriy Gagarin bu ishga musharraf bo‘lgandi.
Ammo uning o‘limi sababi noaniqligicha qolmoqda.
Sobiq Ittifoq birinchi kosmonavtlar korpusining so‘nggi a’zosi Boris Volinov Gagarinning ehtimoliy o‘limi sababi haqida gapirib o‘tdi.
U Gagarinning samolyoti meteorologik shar bilan to‘qnashgan bo‘lishi mumkinligiga ishora qilgan.
Volinov ta’kidlaganidek Gagarin o‘limi haqida ko‘plab talqinlar mavjud, ammo ularning qaysi biri to‘g‘riligi aniq emas.
Eslatib o‘tamiz, Yuriy Gagarin 1968 yil 27 mart kuni MiG-15UTI samolyotida o‘quv-mashg‘uloti o‘tkazayotgan vaqtida halokatga uchrab vafot etgan. Kosmonavt qurbon bo‘lgach, uning o‘limini o‘rganish uchun komissiya tuzilgan. Komissiya ma’lumotida samolyot ekipaji «havo holatining o‘zgarishi sabab qilingan keskin manevr va yerga vertikal sho‘ng‘ish, natijada gorizontal parvozga qayta olmaslik natijasida to‘qnashuv» sabab halokatga uchragani aytiladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi
2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi?
Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi