08:00 / 14.04.2021
2 190

Koronavirusdan himoya qiluvchi dori vositasi klinik sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi

Koronavirusdan himoya qiluvchi dori vositasi klinik sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi
AQSHning Regeneron Pharmaceuticals kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan COVID-19 alomatlarini sezilarli darajada kamaytiruvchi dori vositasi klinik sinovlarning uchinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tdi. Kompaniyaning ma’lum qilishicha, Regeneron Pharmaceuticals tomonidan taqdim etilgan REGEN-COV preparatining sinov natijalari hali ilmiy jurnalda chop etilgani yo‘q.

Ushbu preparat teri ostiga yuboriladigan ikki turdagi monoklonal antitanalardan iborat. U koronavirus bilan kasallanganlar bilan bir xonadonda istiqomat qiluvchi kishilarda COVID-19 simptomlarining rivojlanish xavfini avval taqdim etilgan «Platsebo» preparatiga nisbatan 81 foizga kamaytirgan.

Kompaniya «AQSH allergiya va yuqumli kasalliklar milliy instituti» bilan hamkorlikda sinov o‘tkazdi. Tadqiqotda taxminan 1500 kishi ishtirok etgan. Regeneron Pharmaceuticals kompaniyasi AQSH oziq-ovqat va farmatsevtika bo‘limiga (FDA) ushbu dorini SARS-COV-2ga chalingan bemorlar bilan aloqada bo‘lgan va virusga qarshi emlanmagan kishilarda profilaktika nuqtai nazaridan qo‘llashni tasdiqlatish uchun ariza yozmoqchiligini ma’lum qildi.

2020 yil noyabr oyida FDA shifoxonalari COVID-19 ning yengil va o‘rtacha darajasini boshdan kechirayotgan katta yoshli bemorlarni davolash uchun ushbu doridan foydalanishni favqulodda tasdiqlagan edi.

2020 yil oktabrda AQSHning o‘sha paytdagi prezidenti Donald Trampni koronavirusdan davolashda qo‘llanilgandan so‘ng mazkur preparat ommalashib ketgandi. Tramp harbiy gospitalda uch kun davolanib, tezda tuzalib ketgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirusdan himoya qiluvchi dori vositasi klinik sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi