08:00 / 15.04.2021
2 133

O‘lchami butun boshli uyga teng buyumlarni tashiyotgan Ford pikapi

O‘lchami butun boshli uyga teng buyumlarni tashiyotgan Ford pikapi
Kadr: YouTube
TikTok ijtimoiy tarmog‘ida Lapipadelapaz niki ostida e’lon qilingan video virus kabi tarqaldi. Rolikda Meksika yo‘llarining biri bo‘ylab butun boshli uy ichidagi buyumlar yuklangan Ford markasidagi pikapni ko‘rish mumkin, deb yozadi CARakoom.

«Aftidan, u ko‘chish uchun ko‘p vaqt sarflashni istamasdan, barchasini bir urinishda tashishga qaror qilgan ko‘rinadi», — deyiladi xabarda.

Kadrlardan ko‘rish mumkinki, oq Ford o‘lchami bo‘yicha o‘zidan bir necha bor katta yukni tashishga qodir. Buyumlar uyumi orasida shkaflar, stullar, divan, stol va nogironlar aravachasini ko‘rish mumkin. Yukning og‘irligi sabab pikapning ostki qismi va yer yuzasi orasidagi masofa sezilarli darajada qisqargan — pikapning yuk ko‘tarish hajmi ortilgan yuknikidan kam ekanligini aniq.

Yuqoridagi yuklarning barchasi pikapga sig‘ishi uchun qo‘shimcha taxtalar yordamida uni sun’iy uzaytirishga to‘g‘ri kelgan. Harakat vaqtida buyumlar tushib ketmasligi uchun esa qalin troslar bilan mahkamlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘lchami butun boshli uyga teng buyumlarni tashiyotgan Ford pikapi