Foto: AP Photo
Xitoy tashqi ishlar vaziri Chjao Litszyan yaponiyalik amaldorlarga Fukusima AESning okeanga chiqarib yuborilishi rejalashtirilgan suvidan bir qultum ichib ko‘rishni taklif qildi. Bu haqda Litszyan o‘zining Twitter sahifasida yozib qoldirdi.
«Okean Yaponiyaning chiqindi idishi emas, Tinch okeani esa Yaponiyaning kanalizatsiyasi emas... Yaponiyalik amaldor bu suvni ichish mumkinligini aytdi, nega avval o‘zi bir qultum ichib ko‘rmadi?» — deyiladi tarmoqdagi tvitda.
Shuningdek, Chjao Litszyan Yaponiyaning Fukusima suvlarini okeanga chiqarib yuborish rejasi AQSH tomonidan ma’qullangani masalasiga to‘xtaldi. «Lekin bu hamjamiyat tomonidan ma’qullandi degani emas. Qizig‘i shundaki, AQSH Yaponiyaga uning sa’y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildirdi. Agar AQSH atrof-muhit muhofazasini qadrlasa, ular ikki tomonlama me’yorlarni qo‘llab-quvvatlamasdan, javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi kerak», — dedi tashqi ishlar vaziri.
13 aprel kuni Xitoy Fukusimaning xavfli radioaktiv moddalardan tozalangan suvlarini okeanga oqizish rejasi uchun Yaponiyaga protest bildirdi. Xitoy rasmiylari ushbu masalani xalqaro hamjamiyat bilan muhokama qilish va ehtimol, bir qator qarshi choralar ko‘rish istagini bildirdi.
AQSH esa Yaponiyaning AESdagi suvni yo‘q qilish masalasiga mas’uliyat bilan yondashganiga va Tokio hukumatining mazkur masalada kelgusi harakatlarini ham muvofiqlashtirishiga umid qilmoqda.
Ma’lumot uchun, «Fukusima-1» atom elektr stansiyasi hududida juda ko‘p miqdorda radioaktiv moddalarga boy suv sizib chiqqani aniqlangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Suvning fanga noma’lum bo‘lgan yangi xususiyati topildi
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi
Rossiyada Ishim daryosidagi suv sathi tarixiy rekordni yangiladi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Kim Chen In iqtisodni jonlantirish uchun Rossiya bilan aloqalarni mustahkamlashga intilmoqda
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”