
Rossiya 20 apreldan 24 aprelgacha Qrim va Qora dengiz hududining bir qismi ustidan parvoz qilish cheklanishini ma’lum qildi.
"Hudud havo kemalari parvozi uchun vaqtinchalik xavfli deb e’lon qilindi", - deyiladi uchuvchilar uchun xalqaro xabarnomada (NOTAM).
Qrimning janubiy qismi (Sevastopoldan Feodosiyagacha) hamda Qora dengizning bir qismi ustidagi havo makoni parvozlar cheklangan hudud deb e’lon qilindi.
Rossiya avvalroq Qora dengizning qator hududlarida xorij harbiy kemalari harakatlanishini noyabrgacha taqiqlagandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar