16:00 / 20.04.2021
2 405

Rossiya Qrim va Qora dengiz ustidan parvoz qilishni chekladi

Rossiya Qrim va Qora dengiz ustidan parvoz qilishni chekladi

Rossiya 20 apreldan 24 aprelgacha Qrim va Qora dengiz hududining bir qismi ustidan parvoz qilish cheklanishini ma’lum qildi. 

"Hudud havo kemalari parvozi uchun vaqtinchalik xavfli deb e’lon qilindi", - deyiladi uchuvchilar uchun xalqaro xabarnomada (NOTAM).

Qrimning janubiy qismi (Sevastopoldan Feodosiyagacha) hamda Qora dengizning bir qismi ustidagi havo makoni parvozlar cheklangan hudud deb e’lon qilindi.

Rossiya avvalroq Qora dengizning qator hududlarida xorij harbiy kemalari harakatlanishini noyabrgacha taqiqlagandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Qrim va Qora dengiz ustidan parvoz qilishni chekladi