10:00 / 04.05.2021
1 268

Bill Geyts 27 yillik turmushidan keyin rafiqasi bilan ajrashmoqda

Bill Geyts 27 yillik turmushidan keyin rafiqasi bilan ajrashmoqda

Microsoft asoschisi Bill Geyts va uning rafiqasi Melinda ajrashishlarini e’lon qilishdi. «O‘zaro munosabatlarimiz ustida ko‘p mulohaza qilib, biz nikohimizni tugatish to‘g‘risida qaror qildik», deya ma’lum qilishdi Geyts va uning rafiqasi qo‘shma bayonotda.

Geytsning aytishicha, 27 yillik turmushda ular uch nafar ajoyib farzandni voyaga yetkazishgan va butun dunyoda faoliyat yuritadigan yirik xayriya jamg‘armasini yaratishgan.

«Biz jamg‘arma ustida birgalikda ishlashda davom etamiz, ammo endi hayotimizning ushbu bosqichida er-xotin sifatida o‘sishimiz mumkinligiga ishonmaymiz», dedi u.

Ajralishning moliyaviy tomoni oshkor qilinmagan. Geyts dunyoning eng boy kishilari beshtaligiga kiradi, uning boyligi 130 milliard dollarga baholanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Bill Geyts 27 yillik turmushidan keyin rafiqasi bilan ajrashmoqda