23:20 / 07.05.2021
1 761

Lukashenko Belarusda qaytadan prezident saylovi o‘tkazilishi shartini aytdi

Lukashenko Belarusda qaytadan prezident saylovi o‘tkazilishi shartini aytdi

Foto: REUTERS/Vasily Fedosenko
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko AQSHda qaytadan prezident saylovi o‘tkazilgandagina Belarusda ham qayta saylov o‘tkazilishini aytdi.

«Men roziman. Omma oldida aytyapman. Men G‘arb talab qilayotgan saylovni o‘tkazishga roziman. Men tayyorman. Amerikaliklar bilan parallel ravishda», — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Sputnik Belarus.

U Amerika hukumati qaytadan saylov o‘tkazish muddatini belgilashi bilan Minsk ham shu kuni saylov muddatini belgilashiga va’da berdi.

Lukashenko G7 guruhining chaqirig‘iga shu tarzda javob qaytardi. Avvalroq Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, Fransiya, Yaponiya va AQSH Belarusni siyosiy mahbuslarni ozod qilish va qaytadan saylov o‘tkazishga chaqirgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Lukashenko Belarusda qaytadan prezident saylovi o‘tkazilishi shartini aytdi