15:39 / 15.05.2021
2 503

HAMAS o‘t ochishni bekor qilish shartlarini ma’lum qildi


Foto: Reuters
Falastinning HAMAS harakati Isroil hukumati Quddusdagi arablarni o‘z manzillaridan ko‘chirish fikridan qaytsa va norozilik namoyishlari vaqtida qo‘lga olinganlarni ozod qilsa, qurolli to‘qnashuvlarni to‘xtatishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda tashkilot siyosiy boshqarmasi rahbari Holid Mashal TRT Arabi telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

«Bosqinchi kuchlar Shayx Jarroh dahasidagi odamlarni ko‘chirish, Quddusdagi noroziliklar vaqtida hibsga olinganlarni ozod qilishi lozim, shuningdek, ular G‘azodagi zo‘ravonliklarga barham berishi zarur», — degan Mashal.

HAMAS vakili Isroilning Al-Aqso masjidi nazoratini topshirishi kerakligi va bu shartlardan yana biri ekanligini qayd etdi. Mashalning fikricha, davlat masjidga keluvchilarning ibodat qilishi, marosimlar o‘tkazishiga ruxsat berishi lozim. Tinchlik sulhini tuzishda Turkiya, Qatar va Misr ikki tomon o‘rtasida vositachilik qilishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Al Arabiya telekanali manbalarining axborotiga tayanib, Misr Isroilga vaziyatni o‘nglashda to‘g‘ridan-to‘g‘ri vositachilikni taklif etganini xabar qilgan. Misr tomoni bir yil muddatga o‘t ochish rejimini bekor qilishni tavsiya etgan. Qohira mazkur sulh shartlariga rioya etilishining nazoratini amalga oshiradi. Biroq Isroil hukumati ushbu taklifni rad qilgan.

Isroil hamda HAMAS o‘rtasidagi nizo 10 mayda Isroil hukumatining Quddusdagi arab oilalarini ko‘chirish bo‘yicha qaror qabul qilganidan keyin ommaviy namoyishlar boshlanganidan so‘ng keskinlashgan.

10 maydan HAMAS Isroil hududiga raketa zarbalarini berishni boshlagan. Isroil mudofaa armiyasi mazkur harakatlarga javoban G‘azo sektorini bombardimon qildi. Shuningdek, Isroil armiyasi HAMAS razvedkasining ikki nafar yuqori lavozimdagi vakili yo‘q qilinganini, jangarilar harakatlanadigan ikkita tunnel tarmoqlariga, tashkilotning ofisiga zarba berilganini xabar qildi.

14 mayda Mashal Isroil bilan tinchlik sulhi tuzishga tayyor ekanligini bildirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » HAMAS o‘t ochishni bekor qilish shartlarini ma’lum qildi