11:30 / 18.05.2021
2 564

Yuk mashinasi «Ahmoqlik ko‘prigi»da tom qismidan ayrilganiga qaramay harakatlanishda davom etdi (video)


Foto: 11foot8
AQSHning Shimoliy Karolina shtatidagi «Ahmoqlik ko‘prigi» navbatdagi «qurbon»ni tutib oldi. Hisob bo‘yicha 167-bo‘lgan yuk mashina haydovchisi sodir bo‘lgan holatga qaramay, harakatlanishni davom ettirgan, deb xabar beradi Motor.

Darem shahri rasmiylari temir yo‘l ko‘prigiga oid vaziyatni hal etguniga qadar uning ostiga ko‘plab yuk mashinalar tiqilib qolishga ulgurdi. 2019 yilda konstruksiya 20 santimetrga ko‘tarilgan, ko‘prik oldiga yorqin sariq to‘siq va ko‘plab ogohlantiruvchi belgilar o‘rnatilgan.

Mazkur yechim qisman yordam bergan. So‘nggi videoga ko‘ra, yuk mashinalari «Ahmoqlik ko‘prigi»ga tiqilib qolmayapti, biroq uning ostidan o‘tish vaqtida tom qismidan ayrilmoqda. Bu kabi holat 11 may kuni, katta yuk mashina haydovchisi bilan ham sodir bo‘lgan. E’tiborli jihati, avariyadan keyin haydovchi hech narsa bo‘lmagadek harakatlanishni davom ettiravergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yuk mashinasi «Ahmoqlik ko‘prigi»da tom qismidan ayrilganiga qaramay harakatlanishda davom etdi (video)