
Rossiya «undan biror narsani tortib olmoqchi bo‘lganlarning tishlarini qoqib oladi», dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
«Hamma bizdan qayerdandir nimanidir tortib olishni xohlaydi», — dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayrimlar Sibirning tabiiy boyliklari faqat bitta mamlakatga tegishli ekanligi adolatdan emasligini ochiqchasiga aytishga jur’at qilmoqda.
«Bunday gaplarni ayniqsa ochiqchasiga eshitish juda g‘alati. Ammo ular shuni bilib qo‘yishsinki, bizni tishlamasliklari uchun ularning tishlarini qoqib olamiz. Buning garovi esa qurolli kuchlarni rivojlantirishdir», — dedi Putin.
Uning qayd etishicha, Rossiya mudofaaga pul ajratish bo‘yicha yuqori o‘ntalikning oxirgi qatorlaridan joy olgan. Bu borada AQSH va Yaponiya Rossiyadan yuqorida turibdi.
RossiyaVladimir PutinTabiiy BoyliklarQurolli KuchlarMudofaaAQSH va Yaponiya O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar