18:13 / 23.05.2021
2 990

Furaning bo‘shab ketgan g‘ildiragiga urilib, havoga uchib ketgan Toyota (video)


Internetda harakat vaqtida yuk mashinasining bo‘shab ketgan g‘ildiragiga to‘qnashgan Toyota krossoverining videosi paydo bo‘ldi. Og‘ir shina RAV4’ni uchirib yuborgan, mashina ikki marta aylanib, g‘ildiraklari bilan yerga tushgan, deb yozadi Motor.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘ngilsiz hodisa AQSHning Indiana shtatida sodir bo‘lgan, video esa yondosh yo‘nalishda ketayotgan mashinadan turib olingan. Unda oldinda ketayotgan yuk mashinasining g‘ildiragi bo‘shab ketib, shosse bo‘ylab harakatlanganini ko‘rish mumkin. Shu vaqtda orqada harakatlanib kelayotgan Toyota haydovchisi to‘satdan paydo bo‘lgan to‘siqqa chora ko‘rishga ulgurmay, unga urilgan.

Oqibatda RAV4’ning old qismi ko‘tarilib ketgan va mashina tom ma’noda havoda uchgan. Krossover ikki marta aylangan: birinchi parvoz havoda, ikkinchisi asfaltda. Mashina bilan sodir bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisaga qaramay, uni boshqarib ketayotgan ayolga hech qanday jarohat yetmagan: u mashinadan o‘zi mustaqil tushib, faqat bo‘yni bir oz og‘riyotganini ma’lum qilgan.
Kadrlardan ko‘rish mumkinki, fura bitta g‘ildiraksiz ham harakatlanishni davom ettirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Furaning bo‘shab ketgan g‘ildiragiga urilib, havoga uchib ketgan Toyota (video)