23:27 / 23.05.2021
2 030

Shvetsiyaning Gyoteborg shahri sobiq meri siyosatdan ketib, chiqindi tashuvchi transport haydovchisiga aylandi


Foto: Squeekly
2016—2018 yillarda Shvetsiyaning Gyoteborg shahri meri lavozimida faoliyat yuritgan 56 yoshli Enn-Sofi Xermansson lavozimiga qayta saylana olmagach, avvalroq yuk mashinasini boshqarish uchun olgan ruxsatnomasidan foydalanishga qaror qildi, deb yozmoqda Squeekly.

«Odamlar mendan bu yerda nima qilyatganimni so‘raydi. Lekin bu men uchun to‘g‘ri qaror, ijara uchun to‘lashim shart emas», — dedi u. Xermanssonning so‘zlariga ko‘ra, uning siyosiy hayoti juda notinch bo‘lgan. Bugungi kundagi ishi qiyinchiliksiz bitmaydi, lekin bu hech qanday uchrashuvlar va telefon qo‘ng‘iroqlarisiz oddiy ish hisoblanadi.

Uning Twitter sahifasini 12,5 ming obunachi kuzatib boradi. U o‘z sahifasiga o‘zi va hamkasblari haqida qiziqarli postlar joylaydi. «Hozir hech bo‘lmaganda birov meni bezovta qilmaydi. Siyosatdan chiqindi tashuvchi transport haydovchiligiga o‘tish unchalik ham yomon emas», — deb hisoblaydi Xermansson.

Xermansson 1964 yili Torn orolida tug‘ilgan. U 19 yoshida Volvo Cars zavodida ish boshlagan va u yerda ehtiyot qismlarni tashish bilan shug‘ullangan, keyinchalik metallurglar kasaba uyushmasiga ishga joylashgan. Shu orqali uning siyosiy karerasi boshlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shvetsiyaning Gyoteborg shahri sobiq meri siyosatdan ketib, chiqindi tashuvchi transport haydovchisiga aylandi