Foto: Telegram / Call of wild
O‘zbekistonlik alpinist Sergey Denisenko (suratda chapda) 1 iyun kuni Everest cho‘qqisi (H-8848)ga ko‘tarildi. Bu haqda Call of wild Telegram-kanali xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Everest (Jomolungma) cho‘qqisiga ko‘tarilish Nikita Balabanov boshchiligidagi «Kuluar» ekspeditsiyasi tomonidan amalga oshirilgan.
«Jomolungma cho‘qqisiga ko‘tarilganlar munosib ravishda jasur va qahramon hisoblanadi. Ayni paytda tarkibida Sergey ham bo‘lgan guruh tayanch bazaga tushmoqda», — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Everest balandligi birinchi marta 1847 yilda Endryu Vo boshchiligidagi hindistonlik ekspeditsiya tomonidan o‘lchanib, 8 840 metrga baholangan. 1954 yilda esa Hindiston Geologik xizmati tomonidan qayta o‘lchanib, 8848 metrni tashkil etishi aniqlangan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)
Tojikiston Rossiyaga jiddiy norozilik bildirdi
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Sudyalar oliy kengashi «Jo‘rayevlar ishi»da tomonlarni turli xil bayonot berishdan tiyilishga chaqirdi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi