Foto: Anatoliy Malsev / EPA / TASS
Dunyoda mehnatga layoqatli yoshdagi odamlarning yarmiga yaqini boshqa davlatlarga ish topish uchun ko‘chib o‘tishni istaydi va mehnat migratsiyasi oldidagi to‘siqlar olib tashlanishi jahon yalpi ichki mahsulotini 2 baravar, ya’ni 95 trln dollarga oshirishi mumkin. Bu haqda BCG kompaniyasining tahlilchilari hisobotida aytilgan.
«Mehnat migratsiyasi oldidagi to‘siqlar olib tashlanishi o‘zgarishlar ko‘lamiga bog‘liq holda, har yil 15 trln dollardan 95 trln dollargacha ijobiy iqtisodiy samara tashkil qilishi mumkin. Mohiyatan bu jahon yalpi ichki mahsulotini 2 baravar ko‘paytiradi», deb aytgan ekspert Konstantin Polunin.
Jahon banki va BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda jahon YAIM 87,735 trln dollarga baholangan. 2020 yilda bu ko‘rsatkich 4,3 foizga qisqargan.
BCG ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda 25ga yaqin davlatda malakali ishchilar talab etilgandan ko‘proqni tashkil qiladi, 60dan ko‘proq davlat esa bunday ishchilar yetishmasligidan aziyat chekadi. Oxirgi 10 yil ichida boshqa davlatlarga ketgan malakali muhojirlarning yarmidan ko‘pi 5tagina davlat – AQSH, Britaniya, Germaniya, Kanada va Avstraliya hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
BCG'ning izohlashicha, muhojirlar yo‘lidagi to‘siqlarga sabab – mahalliy aholi uchun ish o‘rinlari qisqarishi mumkinligi xavotiri va malakali xodimlar xorijga ketib qolishi bilan bog‘liq. Biroq tajribaning ko‘rsatishicha, migratsiya oqimlari «iste’dodlarni ham import qiluvchi, ham eksport qiluvchi davlatlar» iqtisodiyotini rivojlantirishi mumkin.
Hisobotda ta’kidlanishicha, muhojirlar ularni qabul qiluvchi davlatlarda ishchi yetishmasligi muammosiga barham beradi, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tovar va xizmatlariga talabni oshiradi hamda shu bilan iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlaydi. Shu bilan birga, bunday muhojirlarning ko‘pi keyinchalik vatanlariga qaytib, o‘z ishlarini ochadi va bu bilan boshqalarga o‘rnak ko‘rsatadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi