10:34 / 09.06.2021
2 211

Dunyoning eng boy odami bilan kosmosga uchish uchun «shiddatli jang» boshlanmoqda


Amazon asoschisi Jeff Bezosning suborbital parvoz rejalashtirilgan New Shepard kemasida joy olish uchun 143 mamlakatdan taxminan 6000 kishi auksionda ishtirok etish istagini bildirdi. Kemada parvoz narxi 3,8 million dollarga yetgan. Bu haqda Blue Origin sayti xabar berdi.

Qayd etilishicha, hal qiluvchi kim oshdi savdosi 12 iyun kuni virtual rejimda bo‘lib o‘tadi. Ishtirok etish uchun siz 10 iyundan oldin Blue Origin veb-saytida ro‘yxatdan o‘tishingiz va shu kuni soat 17:00 gacha pul tikish limitini oshirishingiz kerak.

Avvalroq, kompaniya 20 iyul kuni koinotga parvoz qiladigan New Shepard kemasida bitta yo‘lovchi o‘rni bo‘yicha onlayn kim oshdi savdosini boshlagan edi.

Auksion tashkilotchisining so‘zlariga ko‘ra, kim oshdi savdosi g‘olibi kosmosga milliarder Jeff Bezos va uning ukasi Mark bilan birga boradi.

Parvoz taxminan o‘n daqiqa davom etadi. New Shepard Texas shtatidagi uchirish maydonidan havoga ko‘tariladi. Yer yuzasidan taxminan 105 kilometr balandlikka ko‘tariladi va keyin parashyut bilan qaytib tushadi.

Blue Origin allaqachon 15 ta uchuvchisiz New Shepard sinov parvozlarini yakunladi. So‘nggisi aprel oyining o‘rtalarida bo‘lib o‘tdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyoning eng boy odami bilan kosmosga uchish uchun «shiddatli jang» boshlanmoqda