08:39 / 20.06.2021
3 615

Rossiyada samolyot halokatga uchradi


Kemerovadagi Tanay aerodromidan havoga ko‘tarilgandan ko‘p o‘tmay, bortida 19 kishi bo‘lgan yengil motorli L-410 samolyoti qulab tushdi.

G‘arbiy Sibir transport prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, uchuvchilardan biri dvigatelning ishdan chiqqani va aerodromga qaytish to‘g‘risida qaror qabul qilgani haqida xabar bergan.  Biroq, pastga tushayotganda samolyot daraxtga urilib, Juravlevo qishlog‘i yaqinida yerga qulab tushgan.

Samolyot bortida 19 kishi, jumladan, ikkita uchuvchi va ikkita parashyutchi murabbiy va 15 nafar sakrashga tayyorlanayotgan parashyutchilar bo‘lgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, uchuvchilar ham, murabbiylar ham halok bo‘lgan. Hozirgi paytda to‘rt kishi qurbon bo‘lgani ma’lum qilingan.  Bundan tashqari yana to‘rt kishining ahvoli og‘ir, yana to‘rt kishi o‘rtacha ahvolda ekani aytib o‘tilmoqda.  Qolgan desantchilar ham turli darajada tan jarohatlari olishgan. Ijtimoiy tarmoqlarda guvohlar favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan joydan video lavhalarni joylashtirganlar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada samolyot halokatga uchradi