74 yillik sir ochildi: Atlantika tubidan samolyot qoldiqlari topildi

74 yillik sir ochildi: Atlantika tubidan samolyot qoldiqlari topildi

Air/Sea Heritage Foundation, Deep Sea Vision hamda Discovery Channel'ning Expedition Unknown hujjatli loyihasi tadqiqotchilari Atlantika okeani tubidan 1952 yilda halokatga uchragan Clipper Endeavor (Douglas DC-4) samolyoti qoldiqlarining ilk tasvirlarini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Meduza nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Pan American Airways aviakompaniyasiga tegishli samolyot 1952 yil 11 aprel kuni Puerto-Rikodan Nyu-Yorkka parvoz qilayotganda o‘ng qanotidagi ikki dvigatel ishdan chiqishi oqibatida halokatga uchragan. Kapitan Jon S. Byorn favqulodda signal berib, samolyotni suvga qo‘ndirishga uringan, ammo kuchli shamol sababli qo‘nish muvaffaqiyatsiz kechgan va havo kemasi cho‘ka boshlagan.

Fojia vaqtida bortdagi barcha tirik qolgan bo‘lsa-da, ko‘plab yo‘lovchilar sarosima tufayli samolyotni o‘z vaqtida tark etmagan. Natijada bortdagi 69 kishidan atigi 17 nafari omon qolgan.

Mazkur halokat aviatsiya xavfsizligi sohasida muhim o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan. Aynan shu voqeadan keyin har bir parvoz oldidan yo‘lovchilarga favqulodda vaziyatlarda harakat qilish tartibi, chiqish eshiklari va qutqaruv jiletlaridan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma berish amaliyoti joriy etilgan.

Tadqiqotchilar samolyot qoldiqlarini Puerto-Riko shimoliy sohillari yaqinida, 610 metr chuqurlikdan gidrolokatorli dron yordamida aniqladi. Ekspeditsiya 2024 yilda ham ushbu samolyotni izlashga uringan, biroq noqulay ob-havo bunga imkon bermagan. 2026 yil iyun oyida esa dron Pan American logotipi saqlangan bo‘laklarni topishga muvaffaq bo‘ldi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar