Kemerovadagi Tanay aerodromidan havoga ko‘tarilgandan ko‘p o‘tmay, bortida 19 kishi bo‘lgan yengil motorli L-410 samolyoti qulab tushdi.
G‘arbiy Sibir transport prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, uchuvchilardan biri dvigatelning ishdan chiqqani va aerodromga qaytish to‘g‘risida qaror qabul qilgani haqida xabar bergan. Biroq, pastga tushayotganda samolyot daraxtga urilib, Juravlevo qishlog‘i yaqinida yerga qulab tushgan.
Samolyot bortida 19 kishi, jumladan, ikkita uchuvchi va ikkita parashyutchi murabbiy va 15 nafar sakrashga tayyorlanayotgan parashyutchilar bo‘lgan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, uchuvchilar ham, murabbiylar ham halok bo‘lgan. Hozirgi paytda to‘rt kishi qurbon bo‘lgani ma’lum qilingan. Bundan tashqari yana to‘rt kishining ahvoli og‘ir, yana to‘rt kishi o‘rtacha ahvolda ekani aytib o‘tilmoqda. Qolgan desantchilar ham turli darajada tan jarohatlari olishgan. Ijtimoiy tarmoqlarda guvohlar favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan joydan video lavhalarni joylashtirganlar. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi