2 595
Tojikistondagi Rossiya harbiylari raketa zarbalari berish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazdi
Rossiyaning Tojikistondagi harbiy bazasiga qarashli jangovar va transport vertolyotlari Afg‘onistondagi vaziyat keskinlashishi fonida raketa zarbalari berish mashg‘ulotlarini o‘tkazdi.
Xabar qilinishicha, 201-harbiy bazaning Mi-24 zarba beruvchi vertolyotlari hamda Mi-8MTV5-1 harbiy-transport vertolyotlari shartli dushmanga raketa zarbalari bergan.
Harbiylarning so‘zlariga ko‘ra, o‘quv mashg‘ulotlarida ikkita Mi-24 va ikkita Mi-8MTV5-1 vertolyoti, yuzga yaqin harbiylar qatnashgan.
"Aviatsiya zarbasi natijasida avtomobillar kolonnasi, qurol-yarog‘ omborlari singari 15dan ortiq yerusti nishonlari yo‘q qilindi", - deyiladi markaziy harbiy okrug xabarida.
Rossiya zarurat tug‘ilganida Tojikistonga Afg‘oniston bilan chegarada xavfsizlikni ta’minlash uchun qo‘shimcha yordam berishga tayyor, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko.
"Hammasi Afg‘oniston shimolidagi vaziyat qanday rivojlanishiga bog‘liq. U yerda vaziyat ancha keskin, ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Tojikiston bilan chegaraning 70 foizga yaqin qismi "Tolibon" tomonidan nazorat qilinmoqda", - dedi u.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda toliblar mamlakatdagi 370ta tumanning 110tasini nazorat qilmoqda. Afg‘oniston hukumati kuchlari toliblar hujumi natijasida Tojikiston hududiga chekinmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi