16:20 / 07.07.2021
2 252

Hindistonda minglab odamlarga koronavirusga qarshi soxta vaksina kiritilgani fosh qilindi


Ta’kidlanishicha, ushbu firibgarlikka tibbiy xodimlar ham aralashgan. Mumbay shahri politsiya boshqarmasi vakili Vishal Txakurning ta’kidlashicha, shaharda va unga yondosh hududlarda bunday soxta emlash bo‘yicha kamida 12ta kampaniya amalga oshirilgan.

“Ular emlash uchun fiziologik aralashma qo‘llashgan. Har bir soxta emlash punktida shunday qilingan”, deb ma’lum qilgan Txakur.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, 2500ga yaqin odam soxta vaksina olgan. Firibgarlik tashkilotchilari ushbu aldov orqali 28 ming dollar ishlab olishgan.

“Biz shifokorlarni hibsga oldik. Ular firibgarlikni amalga oshirishda qalbaki sertifikat, flakon, shpritslar ishlab chiqargan klinikadan foydalanishgan”, deb qo‘shimcha qilgan politsiya vakili.

Ayni vaqtda ushbu firibgarlik ishi bo‘yicha 14 kishi hibsga olingan. Ular firibgarlik, jinoiy til biriktirish, qotillikka suiqasd kabi jinoyatlarda gumon qilinmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonda minglab odamlarga koronavirusga qarshi soxta vaksina kiritilgani fosh qilindi