13:04 / 11.07.2021
2 573

Xitoyda fermer blogerlar TikTok’ning mahalliy muqobili orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirlar qilib, million dollarlab pul ishlayapti


Kadr: YouTube
So‘nggi yillarda Xitoydagi ijtimoiy tarmoqlarda qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq kontent katta sur’atlarda mashhurlikka erishmoqda. Douyin (TikTok’ning mahalliy muqobili) platformasining bloger fermerlari bir yil ichida 15 baravar ko‘p pul topa boshladi, deb xabar beradi Esquire.

Fermerlar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib beruvchilar alohida provinsiyalarda o‘z mahsulotlarini shahardagi iste’molchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya va kichik videoroliklar yordamida sotmoqda. Douyin’da bu kabi blogerlar soni ortib bormoqda. 2021 yilning mart holatiga ko‘ra, 10 mingdan ortiq obunachisi bo‘lgan fermerlar soni o‘tgan yilga nisbatan olti baravarga oshgan.

2018 yilda Szin Gouey ismli fermer Litszyan ko‘chalaridagi turistlarga mevalar sotish bilan shug‘ullangan va qarzga botib ketgan. Bugungi kunda u internet-sensatsiya: Gouey Brother Pomegranate nomli kanal yuritadi — uning 7,3 million obunachisi bo‘lib, 2020 yil davomida u 46 million dollarga yaqin pul ishlab topgan. Bir safar u 20 daqiqa ichida 925 ming dollar ishlab topishga muvaffaq bo‘lgan.

«Qishloqdagi eng qiyin ishlar ham qiziqarli vizual kontent manbai bo‘la oladi. Bu shahar aholisiga yetmayotgan narsa va ular buni tomosha qilishni istaydi», — deydi Szin Gouey.

Go Chenchen ismli fermerning esa 2,5 million obunachisi bor. U o‘z roliklarida hosillari — mini oshqovoqlardan tortib, yovvoyi shaftolilargacha ma’lumot beradi. Avvallari Chenchen WeChat’dagi Tencent Holdings Ltd. dasturi orqali savdo qilgan va kuniga yuzga yaqin buyurtmalarni qabul qilgan. Hozirda esa bitta to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyaning o‘zida 50 minggacha buyurtma olib, oyiga 1,38 million dollardan ortiq pul ishlaydi.

Bloomberg’ning ta’kidlashicha, qishloq xo‘jaligi 23 milliondan ortiq ishchi o‘z uylarini tark eta olmagan, yetkazib berishlar «muzlagan» koronavirus pandemiyasi vaqtida ommalashgan, shu sababli fermerlar o‘z mahsulotini sotishning yangi usulini qidirishga tushgan. Shu bilan birga, shaharliklar ham o‘z uylaridan tashqariga chiqa olmay qolgan va ko‘proq ovqat qilishni boshlagan. Natijada internetda yangi sabzavotlarga bo‘lgan talab keskin oshgan.

Ekspertlarning fikricha, ko‘plab shahar aholisi nafaqat fermerlarning mahsulotlariga ishonadi, balki ular tabiatni qo‘msaydi, shu sababli bu turdagi kontentni tomosha qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda fermer blogerlar TikTok’ning mahalliy muqobili orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirlar qilib, million dollarlab pul ishlayapti