16:55 / 13.07.2021
2 985

Turkiyaga kelin bo‘lib tushgan o‘zbek qizi bilan bog‘liq holat nazoratga olingan

Turkiyaga kelin bo‘lib tushgan o‘zbek qizi bilan bog‘liq holat nazoratga olingan

So‘nggi kunlarda Turkiyaning qator ommaviy axborot vositalarida keng tarqalayotgan va ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘layotgan O‘zbekistondan Turkiyaga kelin bo‘lib tushgan va ayni vaqtda uyidan qochib, o‘g‘rilikda ayblanayotgan fuqaro D.Z.ga nisbatan qo‘yilayotgan ayblovlar bo‘yicha holat O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan nazoratga olingan, deb xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.

Shu bilan birga, Bosh konsulxona tomonidan mazkur ishni o‘rganib chiqish uchun advokat jalb qilingan. Hodisaga qonuniy baho berilgandan so‘ng qo‘shimcha tarzda ma’lumot beriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Turkiyaga kelin bo‘lib tushgan o‘zbek qizi bilan bog‘liq holat nazoratga olingan