13:36 / 15.07.2021
2 524

Koronavirus pandemiyasining uchinchi to‘lqini boshlandi


Dunyo koronavirus pandemiyasining yangi to‘lqini boshlanishida turibdi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus ma’lum qildi.

«Hozirda uchinchi to‘lqinning ilk bosqichidamiz», — dedi u.

Gebreyesus 10 haftalik pasayishdan so‘ng o‘lim holatlari o‘sganiga e’tibor qaratdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusning «delta» varianti kasallik yuqishi ko‘rsatkichlari o‘sishining asosiy omili hisoblanadi.

JSST bosh direktori hindcha shtamm dunyoning 111 mamlakatida qayd etilganini ta’kidladi.
Koronavirusning hindcha mutatsiyasi yoki «delta» shtammi mart oyida Maharashtra shtatida aniqlangandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirus pandemiyasining uchinchi to‘lqini boshlandi