Yangi koronavirus shtammi aniqlandi: uni grippdan ajratish qiyin

Yangi koronavirus shtammi aniqlandi: uni grippdan ajratish qiyin

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) PJ.2.1 deb nomlangan yangi koronavirus shtammining alomatlari haqida ma’lumot berdi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ushbu variant keltirib chiqaradigan belgilar oddiy shamollash yoki gripp alomatlariga juda o‘xshash bo‘lishi mumkin. Shu bois uni boshqa nafas yo‘llari infeksiyalaridan farqlash oson emas.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, yangi shtamm ko‘plab nafas yo‘llari infeksiyalarida uchraydigan belgilar bilan namoyon bo‘ladi. Bunday o‘xshashlik esa kasallikni faqat tashqi alomatlar asosida aniqlashni qiyinlashtiradi. Ya’ni insonda kuzatilayotgan simptomlarga qarab aynan qaysi virus yuqqanini ishonchli tarzda belgilab bo‘lmaydi.

Shuning uchun muayyan virusni aniqlash va to‘g‘ri tashxis qo‘yish uchun laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tish talab etiladi. Bu usul infeksiya turini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ayni paytda Moskva davlat universiteti biologiya fakulteti virusologiya kafedrasi professori Aleksey Agranovskiy PJ.2.1 koronavirus shtammi avvalgi variantlar singari yuqori darajadagi xavf tug‘dirmasligini ta’kidlagan.

Mutaxassisning fikricha, hozirgi vaziyatda mazkur shtammning hududlarga kirib kelishining oldini olish maqsadida karantin choralarini joriy etish uchun yetarli asos mavjud emas. Demak, hozircha yangi variant sababli cheklov choralarini qo‘llash zarurati yo‘q.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar