Foto: AP
Chexiya bosh vaziri Andrey Babish 15 iyulda Twitter va Facebook’dagi sahifalarida “Ertaga haqiqatni aytaman” degan post qoldirdi. Biroq siyosatchi ushbu “sirli” postiga hech qanday izoh qoldirmagani sababli OAVda uning akkaunti buzib kirilgan bo‘lishi mumkinligi haqida gaplar oraladi.
Novinky nashri Babish atrofidagi yaqin manbaga tayanib, katta harflar bilan yozilgan ushbu postni bosh vazirning o‘zi qoldirganini ma’lum qilgan.
Nashrning ta’kidlashicha, Babish 16 iyulda nimadir haqida e’lon qilishni rejalashtirmoqda. Bosh vazir ijtimoiy tarmoqlarda odatda aholining koronavirusga qarshi emlanishi bilan bog‘liq yangiliklarni qoldirgan. Hozirda mamlakatdagi emlash jarayoni uning boshchiligida o‘tmoqda.
Bu orada ijtimoiy tarmoqlarda bosh vazirning ushbu postiga kinoyali izohlar paydo bo‘lgan. Bu izohlarning aksariyati mazmuni Chexiya bosh vaziri “birinchi marta rost so‘zlashga qaror qilgani va shu sababli ushbu ‘muhim voqea’ni e’lon qilayotgani”dan iborat bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Suvning fanga noma’lum bo‘lgan yangi xususiyati topildi
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi
Rossiyada Ishim daryosidagi suv sathi tarixiy rekordni yangiladi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Kim Chen In iqtisodni jonlantirish uchun Rossiya bilan aloqalarni mustahkamlashga intilmoqda
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”