11:00 / 16.07.2021
3 130

Chexiya bosh vaziri 16 iyulda “haqiqat”ni aytishini e’lon qildi


Foto: AP
Chexiya bosh vaziri Andrey Babish 15 iyulda Twitter va Facebook’dagi sahifalarida “Ertaga haqiqatni aytaman” degan post qoldirdi. Biroq siyosatchi ushbu “sirli” postiga hech qanday izoh qoldirmagani sababli OAVda uning akkaunti buzib kirilgan bo‘lishi mumkinligi haqida gaplar oraladi.

Novinky nashri Babish atrofidagi yaqin manbaga tayanib, katta harflar bilan yozilgan ushbu postni bosh vazirning o‘zi qoldirganini ma’lum qilgan.

Nashrning ta’kidlashicha, Babish 16 iyulda nimadir haqida e’lon qilishni rejalashtirmoqda. Bosh vazir ijtimoiy tarmoqlarda odatda aholining koronavirusga qarshi emlanishi bilan bog‘liq yangiliklarni qoldirgan. Hozirda mamlakatdagi emlash jarayoni uning boshchiligida o‘tmoqda.

Bu orada ijtimoiy tarmoqlarda bosh vazirning ushbu postiga kinoyali izohlar paydo bo‘lgan. Bu izohlarning aksariyati mazmuni Chexiya bosh vaziri “birinchi marta rost so‘zlashga qaror qilgani va shu sababli ushbu ‘muhim voqea’ni e’lon qilayotgani”dan iborat bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Chexiya bosh vaziri 16 iyulda “haqiqat”ni aytishini e’lon qildi