12:30 / 16.07.2021
2 740

COVID-19 xavfi yanada oshdi — britan tadqiqotchilari


Foto: «Rossaprimavera»
COVID-19 bilan og‘rigan bemorlarda, hatto surunkali kasalligi bo‘lmaganlar va yoshlarda ham asoratlar kuzatilyapti. Bu haqda Liverpul universiteti professori Yuen Harrisonga asoslanib «The Lancet» jurnali yozmoqda.

«COVID-19 bilan kasalxonaga tushgan bemorlarda ko‘plab asoratlar rivojlanishiga guvoh bo‘ldik. Hatto surunkali kasalligi bo‘lmaganlar va yoshlar orasida ham. Bu muammolar butun tana a’zolari, ayniqsa, buyrak, yurak va o‘pkaga xos bo‘lib, bemorlar koronavirusdan tuzalib, uyiga javob berilganidan so‘ng ham asoratlar ularni bezovta qilishda davom etgan», — ta’kidladi Harrison.

Koronavirus nafaqat o‘pkaga, balki tananing boshqa to‘qimalaridagi hujayralarga, jumladan, burun shilliq qavati, qizilo‘ngach, qon tomirlari va yurakka ham ta’sir qiladi. Ko‘plab bemorlarda hid bilishning yo‘qolishi, ovqat hazm qilish va qon aylanish tizimlaridagi buzilishlarga sabab shu.

Bundan tashqari, COVID-19 miya faoliyatida jiddiy buzilishlarga olib kelishi, xususan, isitma chaqirishi, vaqtinchalik xotira buzilishi va aqliy qobiliyat pasayishiga sabab bo‘lishi aniqlangan. Amerikalik shifokorlarning so‘nggi kuzatuvlari ko‘rsatishicha, bu asoratlarning aksariyati bemorlar tuzalganidan so‘ng bir necha oygacha davom etgan, qo‘shimcha qildi Harrison.

Bunday muammolar odamlarga qanchalik tez-tez ta’sir qilishini, shuningdek, ushbu zararlanishga moyil bo‘lgan odamlarning yosh toifasini tushunish uchun professor Harrison hamkasblari bilan tadqiqot o‘tkazdi. Ular 2020 yilning yanvar–avgust oylari oralig‘ida koronavirus bilan kasallangan 70 mingga yaqin bemor davolangan 300 ta shifoxonada to‘plangan ma’lumotlarni tahlil qilishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, kovidni yuqtirganlarning aksariyati 70 yoshlar atrofida bo‘lgan, biroq 19 va undan katta yoshdagi bemorlar ham ozchilik emas. Britan shifoxonalariga tushgan har ikkinchi bemorda, yoshidan qat’i nazar, koronavirus asoratlari qayd etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » COVID-19 xavfi yanada oshdi — britan tadqiqotchilari