16:03 / 21.07.2021
4 971

Shuvoq koronavirusga qarshi yaxshi samara berishi aniqlandi


Foto: «Britannica»
Butun dunyoda COVID-19ga qarshi vaksinatsiya ketmoqda, biroq bu kasallikdan davolovchi bironta dori hali yaratilmagan. Ammo izlanishlar bor. Masalan, Daniya va Germaniya tadqiqotchilari aniqlashlaricha, butun dunyoda keng tarqalgan shuvoq o‘simligi (bir yillik turi) tarkibidagi artemizinin birikmasi koronaxavfsizlikni ta’minlashga nomzod.

To‘g‘ri, shuvoq tarkibidagi birikma virusga qarshi qalqon bo‘lar darajada ko‘p emas, ya’ni virus organizmga tushganidan so‘ng unga qarshi kurashishda yordam berishi mumkin. Shunga qaramay, mazkur tadqiqotning o‘ziyoq artemizinin asosida koronavirusdan davolovchi dorilar yaratish mumkin, degan umid bag‘ishlaydi.

Hozircha klinik sinovlar davom etyapti, natijalari «Scientific Reports» jurnalida chop etilgan.

Xitoylik dorishunos, keyinchalik Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan Tu Yuyu shuvoq tarkibidan bezgakka qarshi eng kuchli vosita — artemizininni ajratib olganidan so‘ng, o‘tgan asrning 70-yillaridan bu o‘simlikning farmatsevtik qiymati oshib ketdi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2016 yilda 91 mamlakatda 216 million kishi bezgakdan aziyat chekkan. Shundan 445 mingta holat o‘lim bilan yakun topgan. Hanuz ushbu kasallikka qarshi kurashishda eng arzon va samarali vosita artemizinin asosidagi kombinatsion davolash bo‘lib qolmoqda. Qolaversa, bu o‘simlik saraton, sil va diabetdan davolanishda ham qo‘llanilmoqda. Ammo afsuski, shuvoq barglarida davo xususiyatiga ega modda juda ham oz — quritilgan massasining 1 foizidan ham oshmaydi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shuvoq koronavirusga qarshi yaxshi samara berishi aniqlandi