23:29 / 27.07.2021
1 556

Germaniyadagi kimyo zavodida kuchli portlash yuz berdi (video)

Germaniyadagi kimyo zavodida kuchli portlash yuz berdi (video)

Foto: «Rbc.ru»
Germaniyaning Shimoliy Reyn federal yeri janubidagi Chempark kimyo zavodida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Currenta kimyo-farmatsevtika kompaniyasi operatori vakili Matias Shaytxauerga tayanib «Lenta.ru» xabar berdi. Hodisa joyidan olingan video RЕN TV Telegram-kanalida e’lon qilindi.

Hodisa Leverkuzen shahrida sodir bo‘lgan. Kadrlarda sanoat binosida kuchli yong‘in va osmonga ko‘tarilgan qora zaharli tutunning qalin ustunlari aks etgan. Kompaniya vakilining so‘zlariga ko‘ra, hozirda o‘t o‘chiruvchilar portlash yuz bergan joyda ishlamoqda. Zavod yaqinidagi hududlarning aholisidan deraza va eshiklarni yopib qo‘yish so‘ralgan.

Ayni paytda tezkor guruh voqea sabablarini aniqlamoqda. Mahalliy Bild nashri politsiyaga asoslanib bir nechta jabrlanganlar haqida xabar beradi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Germaniyadagi kimyo zavodida kuchli portlash yuz berdi (video)
[/banner_pushhouse