Saudiya Arabistoni chet elliklarga Umra ziyoratini amalga oshirishga ruxsat berdi

1 daqiqa o'qish2.1K
Saudiya Arabistoni chet elliklarga Umra ziyoratini amalga oshirishga ruxsat berdi
Foto: AP Photo
Saudiya Arabistoni hukumati chet elliklar kichik haj — Umra ziyoratini amalga oshirish uchun 10 avgustdan qirollikka kirishi mumkinligini e’lon qildi. Bu haqda The Siasat Daily nashriga tayanib, «Gazeta.uz»ga tayanib Daryo xabar bermoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, dindorlar mamlakatga koronavirus bo‘yicha barcha ehtiyot choralariga amal qilgan holda kiritiladi.
Xususan, yetib kelgan ziyoratchilar qirollikda tasdiqlangan Pfizer, Moderna, Johnson & Johnson, AstraZeneca vaksinalaridan biri bilan emlangan bo‘lishi yoki manfiy javobli PZR-testni taqdim etishi kerak. Vaksina olmagan ziyoratchilar mamlakatga kelganidan keyin uch kunlik karantindan o‘tib, so‘ng koronavirusga nisbatan qaytadan PZR-test topshiradi.

Saudiya Arabistoni hukumati Xitoy vaksinalarini ham tan oladi, ammo to‘liq emlangandan keyin Pfizer, Moderna, Johnson & Johnson yoki AstraZeneca vaksinasi bilan buster dozasini (vaksinatsiyadan olti oy o‘tib kiritiladigan qo‘shimcha doza) olishi kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, bu yil Haj ziyorati 17—22 iyul kunlari amalga oshirildi. Makkaga bu yil 60 ming ziyoratchi tashrif buyurishi mumkin bo‘ldi, ammo ular faqat qirollik fuqarolari va u yerda yashovchi shaxslardan iborat bo‘ldi, chet elliklar esa pandemiya tufayli ikkinchi yil ham Haj ziyoratiga qo‘yilmadi. Ziyoratchilarning barchasi 18—65 yoshda va koronavirusga qarshi emlangan bo‘lishi sharti qo‘yildi.

Saudiya Arabistoni 2020 yil oktabr oyidan boshlab mamlakatda yashovchi aholisi uchun Umra ziyoratini amalga oshirishga ruxsat bergan edi. Va o‘sha oy o‘rtalarida mamlakat hukumati yetti oy ichida birinchi marta Makkadagi Al-Harom masjidida namoz o‘qilishiga ruxsat berdi.

2020 yil noyabridan Saudiya Arabistoni asta-sekinlik bilan 50 yoshdan katta bo‘lmagan ziyoratchilarni manfiy natijali PZR-test bilan Umra ziyorati uchun kiritishni boshladi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?