12:23 / 30.07.2021
4 320

Sumatra orolidagi vulqon shaharlarning kul bilan qoplanishiga sabab bo‘ldi (video)

Sumatra orolidagi vulqon shaharlarning kul bilan qoplanishiga sabab bo‘ldi (video)

Foto: Twitter
Indoneziyaning Sumatra orolidagi Sinabung vulqoni faollashdi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar qilgan.

Xabarga ko‘ra tutun ustuni 4,5 kilometr balandlikkacha ko‘tarilgan. Yaqin hududlarda joylashgan shaharlarni vulqon kuli qoplab olgan. Lava hali otilib chiqayotgani yo‘q, seysmologlarning aytishicha bu ma’lum vaqtdan keyin sodir bo‘lishi mumkin.

Sinabung vulqoni 11 yil oldin 400 yillik uyqudan keyin faollashgan. Shundan buyon vaqti-vaqti bilan otilib turadigan mazkur vulqon 25 nafar odamning hayotiga zomin bo‘lgan.

Kul shaharlarni qoplay boshlaganidan keyin 30 mingga yaqin aholi xavfli hududdan boshqa yerga ko‘chirilgan. Mahalliy hukumat vulqon yaqiniga kelmaslikni, xususan, undan 5 kilometr uzoqda bo‘lishni tavsiya etgan.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Sumatra orolidagi vulqon shaharlarning kul bilan qoplanishiga sabab bo‘ldi (video)
[/banner_pushhouse