20:25 / 04.08.2021
2 322

Ispaniyalik rassom go‘shtli karikaturalar tanlovida g‘olib chiqdi


Foto: Asier Sanz
Ispaniyalik rassom Aser Sans World Humor Awards mukofotiga sazovor bo‘ldi. U AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampning profilini eslatuvchi xom go‘sht bo‘lagini namoyish etdi.

Italiyaning Salsmajor shahrida bo‘lib o‘tgan karikaturachilarning oltinchi tanlovida dunyoning 75 mamlakatidan 250 ga yaqin rassom o‘z asarlarini taqdim etdi.

Tanlov saytida yozilishicha, Sans «Hazil portret» nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. U taqdim etgan go‘sht fotosuratida AQSHning 45-prezidenti siymosini shak-shubhasiz tasavvur qilish mumkin.

EFE agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Basklar mamlakati rassomi deyarli olti oy davomida bozor va go‘sht rastalarini aylanib chiqqan. O‘ziga mos keladigan go‘sht bo‘lagini topgach, undan Trampning profilini kesib olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ispaniyalik rassom go‘shtli karikaturalar tanlovida g‘olib chiqdi