
O‘tgan dam olish kunlari Gaitining janubi-g‘arbiy qismida yuz bergan kuchli zilzila oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 1941 kishiga yetdi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi. Unga ko‘ra, bundan tashqari kamida 9 915 kishi jarohatlangan.
Zilzila o‘n minglab uylarni vayron qilganidan so‘ng, kuchli yomg‘irli tropik bo‘ron tirik qolganlarni qidirish ishlariga to‘sqinlik qilgan. Mahalliy aholi zilziladan yoriqlar paydo bo‘lgan binolardan ehtiyot bo‘lishga chaqirilgan — ular kuchli yomg‘ir oqibatida qulab tushishi mumkin.
Kasalxonalar odamlar bilan to‘lgan, sababi odamlar boshpana ilinjida ham binoga joylashishga harakat qilmoqda.
Omon qolganlarni topish bo‘yicha operatsiya ob-havo sharoiti yaxshilanganidan keyin qayta tiklangan. Zilziladan zarar ko‘rgan gaitiliklar oziq -ovqat, boshpana va tibbiy yordamga muhtoj bo‘lishmoqda.
Ma’lumot uchun, 14 avgust kuni Gaitining qirg‘oqlarida 7,2 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan edi.
Gaitida ZilzilaKuchli Yomg‘irOdamlar BoshpanaMahalliy AholiTibbiy YordamZarar Ko‘rganlar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing