14:05 / 18.08.2021
1 570

Gaitida zilzila oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 2 mingga yaqinlashdi

Gaitida zilzila oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 2 mingga yaqinlashdi
O‘tgan dam olish kunlari Gaitining janubi-g‘arbiy qismida yuz bergan kuchli zilzila oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 1941 kishiga yetdi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi. Unga ko‘ra, bundan tashqari kamida 9 915 kishi jarohatlangan.

Zilzila o‘n minglab uylarni vayron qilganidan so‘ng, kuchli yomg‘irli tropik bo‘ron tirik qolganlarni qidirish ishlariga to‘sqinlik qilgan. Mahalliy aholi zilziladan yoriqlar paydo bo‘lgan binolardan ehtiyot bo‘lishga chaqirilgan — ular kuchli yomg‘ir oqibatida qulab tushishi mumkin.

Kasalxonalar odamlar bilan to‘lgan, sababi odamlar boshpana ilinjida ham binoga joylashishga harakat qilmoqda.

Omon qolganlarni topish bo‘yicha operatsiya ob-havo sharoiti yaxshilanganidan keyin qayta tiklangan. Zilziladan zarar ko‘rgan gaitiliklar oziq -ovqat, boshpana va tibbiy yordamga muhtoj bo‘lishmoqda.

Ma’lumot uchun, 14 avgust kuni Gaitining qirg‘oqlarida 7,2 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gaitida zilzila oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 2 mingga yaqinlashdi