Foto: Reuters
Yigirma yillik quvg‘indan so‘ng Afg‘onistonga qaytgan «Tolibon» yetakchisi Abdul G‘ani Barodar mamlakatning navbatdagi rahbari bo‘lishi mumkin, deb yozadi The Washington Post.
Nashrning yozishicha, Barodar Qandahorga oq yo‘ltanlamas avtomobillar qurshovida kelgan va minglab afg‘onlar tomonidan mushakbozliklar bilan kutib olingan.
«Ko‘p yillar davomida «Tolibon» siyosiy rahbarlari sharpa, qudratli isyonchilik harakatining ko‘rinmas strateglari bo‘lib keldi, endi esa Abdul G‘ani Barodar konvoy bilan bu yerda», — deyiladi nashr xabarida.
«Tolibon» odatda Pokistonning qo‘g‘irchog‘i sifatida ta’riflanadi. Ular Pokistonga qattiq bog‘langan va Pokiston ularga ta’sir o‘tkaza oladi, biroq «Tolibon» mustaqil tashkilot. Barodarning Pokiston qamoqxonalarida olgan tajribasi uni Pokiston buyruqlariga bo‘ysunmaydigan insonga aylantirgan deb o‘ylayman», — degan sobiq nemis diplomati Tomas Ruttig.
Uning ta’kidlashicha, 2020 yilda Dohada AQSH hukumati bilan o‘tkazilgan muzokaralarda toliblar delegatsiyasiga aynan Barodar rahbarlik qilgan hamda «Tolibon»ning jangari ruhdagi vakillariga nisbatan posangi bo‘la oladigan siyosatchi sifatida o‘zini ko‘rsata olgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?