13:00 / 27.08.2021
2 782

Toshning NFT-surati 1,3 mln dollarga sotildi

Toshning NFT-surati 1,3 mln dollarga sotildi
Foto: EtherRock
EtherRock kriptoloyihasi tosh tasvirlangan suratni NFT-formatga o‘tkazib, uning variatsiyasini virtual san’at kolleksionerlarga sotishni boshlagach mashhurlikka erishdi, deb xabar beradi Esquire.

Ma’lum qilinishicha, shu kabi toshlardan birining surati noma’lum xaridor tomonidan 1,3 million dollarga sotib olingan, yana biri esa 608 ming dollarga sotilgan — bundan bir kun oldin toshlar narxi 300 ming dollar atrofida edi.

EtherRock loyihasi 2017 yilda paydo bo‘lgan. O‘shanda tosh surati Goodfreephotos bepul onlayn bazasidan olingan va kriptoformatga o‘tkazilib, jami 100 ta NFT-surat yaratilgan — toshlar bir-biridan faqatgina rangi bilan farqlanadi, originali kul rang. Narx borasida amaldagi rekordni o‘rnatgan 42-raqamli tosh qizg‘ish-jigarrang rangda.

Ushbu toshni EtherRock loyihasining o‘zi emas, balki uni avgust boshida 4800 dollarga sotib olgan britaniyalik kriptoinvestor Tom Osman sotgan. «O‘ylashimcha, bu hozirgi kungacha amalga oshirgan eng yaxshi investitsiyam. Odamlar toshni qanchalik ko‘p yomon ko‘rsa, uning narxi shunchalik oshmoqda, yaqin kunlarda u bir necha bor qimmatga sotiladi», — deydi u.

NFT pandemiya vaqtida keskin ommalashib ketdi, chunki investorlar va kolleksionerlar orasida faqat raqamli makonda mavjud san’at asarlariga bo‘lgan talab oshdi. NFT juda yosh texnologiya bo‘lishiga qaramay, mazkur bozorning hajmi sezilarli darajada katta va istiqbollari ham ulkan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Toshning NFT-surati 1,3 mln dollarga sotildi