18:44 / 02.09.2021
3 052

Panjsherdagi janglarda «Tolibon»ning 300 dan ortiq jangarisi halok bo‘ldi

Panjsherdagi janglarda «Tolibon»ning 300 dan ortiq jangarisi halok bo‘ldi
Foto: Getty Images
Afg‘onistonning «Tolibon»ga bo‘ysunmagan Panjsher viloyatidagi qarshilik kuchlari bilan to‘qnashuvlarda harakatning 300 dan ortiq jangarisi yo‘q qilindi. Bu haqda 1 sentabr kuni «TASS»ning viloyatdagi xalq lashkariga yaqin manbasi xabar berdi.

«Kecha kechqurun ‘Tolibon’ning ikki tomondan Panjsherga bostirib kirishga urinishlaridan keyin yuz bergan to‘qnashuvlarda ularning 300 dan ortiq jangarisi o‘ldirildi. Yana o‘nlab radikallar og‘ir tan jarohati oldi yoki asirga olindi», — dedi manba.

«Ayni paytda viloyatga kiraverishda harbiy harakatlar davom etmoqda. ‘Tolibon’ mudofaa chizig‘ini yorib o‘tolmadi, hozir ular chekinishga majbur», — deya qo‘shimcha qildi manba.

Harakat vakillari tomonidan Panjsher gubernatori etib tayinlangan «Tolibon» yetakchilik komissiyasi rahbari Amir Xon Mottakiyning 1 sentabr kuni ma’lum qilishicha, «Tolibon» va qarshilik vakillari o‘rtasida o‘tgan hafta boshlangan muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchragan.

Panjsherdagi afg‘onlarga murojaat qilib yozilgan nutqida «Tolibon» yetakchisi isyonchilarni qurollarini tashlashga, ularning rahbari Ahmad Mas’udni esa taslim bo‘lishga chaqirdi.

«Afg‘oniston Islom Amirligi barcha afg‘onlarning uyidir», — dedi u.

Mottakiyning aytishicha, «Tolibon» Panjsher vodiysining to‘rt tomonida mashg‘ulot o‘tkazmoqda va urush qilishga hech qanday sabab yo‘q. Uning qo‘shimcha qilishicha, «Tolibon»ga qarshi kuchlar shuni esda tutishi kerakki, «Tolibon»ni NATO va AQSH kuchlari ko‘magida ham mag‘lub etishning iloji yo‘q.

«Lekin biz hali ham urush bo‘lmasligini hamda Panjsher masalasi tinch va osoyishta hal qilinishini ta’minlashga harakat qilyapmiz», — dedi Mottakiy.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Panjsherdagi janglarda «Tolibon»ning 300 dan ortiq jangarisi halok bo‘ldi