13:57 / 06.09.2021
1 949

“Tolibon” Germaniya bilan diplomatik aloqa o‘rnatmoqchi

“Tolibon” Germaniya bilan diplomatik aloqa o‘rnatmoqchi
“Tolibon” harakati Germaniya bilan diplomatik aloqa o‘rnatishni istaydi. Harakatning matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid Welt am Sonntag gazetasiga bergan intervyusida ana shunday dedi.

Biz kuchli va rasmiy diplomatik munosabatlarni istaymiz”, – dedi u. Shuningdek, Mujohid Germaniya va boshqa davlatlardan moliyaviy qo‘llov, gumanitar yordam hamda sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va ta’lim sohalarida hamkorlikka umid qilishayotganini aytdi.

15 avgust kuni Kobulga kirib borgan toliblar 3 sentabr kuni butun Afg‘oniston bo‘ylab nazorat o‘rnatishganini ma’lum qildi.
Germaniya Kobuldagi elchixonani yopib, elchi Markus Potzelni Qatar poytaxti Doxaga ko‘chirdi.

Germaniya Tashqi ishlar vaziri Xayko Maas toliblar bilan muzokara o‘tkazish tarafdori. Uning aytishicha, “agar Afg‘onistonda hukumat faqatgina toliblardan iborat bo‘lmasa, inson huquqlariga rioya qilinsa va mamlakat terrorning tayanchiga aylanmasa”, Kobulga moliyaviy yordam ajratilishi mumkin. “Yoqsa ham, yoqmasa ham, hozir Afg‘onistonda yangi voqelik bor”, – dedi Maas 2 sentabr kuni.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Tolibon” Germaniya bilan diplomatik aloqa o‘rnatmoqchi